FISHER XAYNS

FISHER XAYNS (1938.9.10, Gras) -Avstriya davlat arbobi, yuridik va siyosiy fanlar Doktori. Vena universitetini tugatgan. 1961 yildan Avstriya sud organlarida ishlagan. 1963 yildan Avstriya sotsial-demokratik partiyasi (ASP) parlament klubi kotibi, 1975 yildan boshqaruvchisi (ayni vaqtda 1979 yildan ASP raisi o’rinbosari), 1983 yildan Avstriya fan va tadqiqotlar federal vaziri, 1987 yildan ASP parlament klubi rahbari, 1990 yildan Milliy kengash (parlamentning quyi palatasi) ishlarini boshqarish bo’yicha qo’mita rahbari, Aspning tashqi siyosat masalalari bo’yicha muvofiqlashtirish qo’mitasi raisi, 1992 yildan Yevropa sotsial-demokratik partiyasi raisi o’rinbosari, 1992-99 yillarda Yevropa demokratiya va birdamlik forumi raisi, Avstriya Milliy kengashi raisi (1990-2002), o’rinbosari (2002-2004). 2004 yil 25 apreldan Avstriya Respublikasi Federal prezidenti.