TASMO’LA MADANIYATI

TASMO’LA MADANIYATI (arxeologiyada) — Markaziy Qozog’istondagi ilk temir davri madaniyati (miloddan avvalgi 7-3-asrlar). Pavlodar viloyatining Tasmo’la darasidagi mozorqo’rg’on nomi bilan atalgan. Skiflar madaniyatiga xos «hayvonlar tasviri uslubi»da ishlangan noyob san’at durdonalari topilgan. Xo’jaligi ko’chmanchi chorvachilik bo’lgan.