TANGANIKA
TANGANIKA — Afrikadagi ko’l, Kongo Demokratax Respublikasi, Tanzaniya, Zambiya va Burundi hududlarida. Maydoni 34 ming kilometr kvadrat. Sharqiy Afrika yoriqlari zonasidagi tektonik botiqda, 773 metr balandlikda. Uzunligi 650 kilometr, eni 80 kilometrgacha, eng chuqur joyi 1470 metr (chuqurligi bo’yicha Baykal ko’lidan keyin 2-o’rinda). Qirg’oqlari tekis, ba’zi joylarda baland va tik. Tanganikaga Malagarasi va Ruzizi daryolari quyiladi. Lukuga va Lualaba daryolari orkali oqib chiqadi. Ko’l suvi chuchuk. Faunasi endemiklarga juda boy. Begemot, timsoh, suzuvchi parrandalar turi ko’p. Atrofida milliy bog’lar tashkil etilgan. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi. Portlari: Kigoma, Bujumbura, Kalima. Tanganikaga yevropaliklardan birinchi bo’lib 1858 yilda ingliz sayyohlari R. Byorton va J.Spik borganlar.