TASLIM BO’LISH

TASLIM BO’LISH, so’zsiz taslim bo’lish, kapitulyatsiya — (xalqaro huquqda) — urushayotgan tomonlardan birining yengilganligiga iqror bo’lib, qarshilik ko’rsatishni to’xtatishi va qurolni tashlashi. Taslim bo’lish kapitulyatsiya to’g’risidagi hujjatni imzolash tarzida uzilkesil rasmiylashtiriladi. Odatda, bunda hamma qurolyarog’lar, texnika, harbiy mulk g’olibga o’lja sifatida, shaxsiy tarkib esa — asirlar tarzida beriladi. Mag’lub tomon hech qanday shartlar, qo’shimcha izohlarni o’rtaga qo’ymay so’zsiz Taslim bo’lish aktini imzolaydi (masalan, 1945 yil fashistlar Germaniyasi va militaristik Yaponiyaning Taslim bo’lishi).