ESTROGENLAR

ESTROGENLAR (yangi lotincha oqmoq va … gen) — odam va umurtqali hayvonlar jinsiy gormoni; asosan, ayollar tuxumdonida, shuningdek, buyrak usti bezlarining po’stloq qavatida, plasenta va urug’donda hosil bo’ladi. Kimyoviy tabiatiga ko’ra steroid. Ayollar jinsiy a’zolari funktsiyasi va rivojlanishini, sut bezlarining normal o’sishini kuchaytiradi. Suyaklarning o’sishi, suvtuz almashinishi va boshqalarga ta’sir etadi. Ayollar gavdasining normal bo’lishi Estrogenlarga bog’liq. Estrogenlarga estradiol va estron kiradi.