«TO’LQIN»

«TO’LQIN» — 1) Buxoro va Samarqandda maqomlar uslubidagi ashula nomi. Buxoroda ko’pincha talqin ashula yo’llari shu ibora bn yuritiladi; 2) o’zbek xalq cholg’u yo’llaridan. Soqiynoma doyra usulida ijro etiladi. O’zbek musiqa dramalari (masalan, V. Uspenskiy, «Farhod va Shirin»da Farhod ariyasi)da foydalanilgan.