TURNABULOQ
TURNABULOQ, qizil, Qurganaksoy — Qashqadaryo viloyatidagi daryo. Yakkabog’daryoning chap irmog’i. Hisor tizmasining Yakkabog’ tog’laridan (2500 metr) boshlanadi. Yakkabog’ qishlog’i yaqinida (4 kilometr) Yakkabog’daryoga quyiladi. Uz. 35 kilometr, havzasining maydoni 186 kilometr kvadrat. Tog’lar orasidan chuqur daralardan so’ng keng vodiy bo’ylab oqadi. Qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha ko’p yillik suv sarfi 1,35 metr kub/sekund. Bahorda toshadi. Mart — iyun oylarida suvi ko’payadi, yoz oxiri va kuzda kamayadi. Ekin maydonlarini sug’orishga sarflanadi.