TURNIR
TURNIR (nemischa Turnier) — 1) o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada ritsarlarning harbiy musobaqasi. Uning maqsadi ritsarlarning jangovarlik qobiliyatini namoyish qilish bo’lgan. Ko’p mamlakatlarda 16-asrda to’xtatilgan; 2) 2 tadan ortiq sportchi ishtirok etadigan shaxsiy yoki jamoa birinchiligi musobaqalarini o’tkazish shakli. Davra (har bir qatnashchi boshqa qatnashchilarning hammasi bilan bir yoki bir necha martadan uchrashadi), Olimpiada yoki kubok (navbatdagi turda mag’lub bo’lganlar chiqib ketaveradi) tartiblari farklanadi. Shuningdek, shveytsarcha deb nom olgan tartib ham bor. Unda uchrashuvlar soni qatnashchilar soniga nisbatan bir necha marta kam bo’ladi. 1turda raqiblar qur’a tashlab aniklanadi, keyingi turlarda esa teng ochko olganlar orasida kur’a tashlanib juft aniklanadi. Bir musobaqa davomida bosqichma-bosqich turlicha tartiblardan foydalanish mumkin.