ENTSEFALIT
ENTSEFALIT (Yunoncha — bosh miya) — bosh miyaning yallig’lanishi (temperatura ko’tarilishi, bosh og’rishi, falajlar, eshush buzilishi va hokazolar), shikastlanish, zaharli moddalar (qo’rg’oshin, benzin va boshqalar), kasallik tug’diruvchi mikroorganizmlar ta’sirida yuzaga keladi. Birlamchi va ikkilamchi Entsefalit farq qilinadi. Birlamchi Entsefalit, odatda, virusli kasallik hisoblanaai va ma’lum sharoitlarda epidemiyaga o’xshab tarqaladi. Ko’pchilik birlamchi Entsefalit ma’lum bir joyga xos bo’lib, qo’zg’atuvchisining biologiya xususiyatlariga ko’ra kasallik ma’lum fasllarda paydo bo’ladi. Birlamchi Entsefalitga chivin va kanalar orqali tarqaladigan, shuningdek, enterovirusli, shikastlanish va kimyoviy agentlar bilan bog’liq Entsefalit ham kiradi. Ikkilamchi Entsefalit ba’zi infektsion kasalliklar (gripp, qizamiq, qizilcha va boshqalar) natijasida kelib chiqadi. Kanalar yuqtiradigan Entsefalit manbai kemiruvchilar. qoramol, qo’y, echkilar va ba’zi qushlardir. Entsefalit bilan kasallangan hayvon qonini so’rgan kana Entsefalitga qarshi emlanmagan odamni chaqishi oqibatida kasallik yuqadi. Enterovirusli Entsefalitda bemor yoki virus tashuvchi infektsiya manbai bo’ladi. Kasallik ifloslangan ovqat mahsulotlari. suv va bemorning qo’li orqali tarqaladi. Bosh miyaning yallig’lanishi gavda trasining ko’tarilishi, darmonsizlik, tinka qurishi, uyqu bosishi, bosh og’rishi, qusish va boshqalar, shuningdek, og’ir shakllarida ong buzilishi, alahlash, tutqanoq tutishi va boshqalar kuzatiladi. Entsefalitning turiga qarab kasallik belgilari turlicha kechadi (har birining o’ziga xos xususiyatlari bor). Kasallikning og’irengilligi va shakliga qarab bemor butunlay tuzalib ketishi yoki biror asorat (oyoq-qo’llarning darmonsizligi, falaj, tutqanoq tutishi) qolishi mumkin. Oldini olish uchun Entsefalit bilan zararlanish gumoni bo’lgan joylarda ishlaydigan kishilar (o’rmon ishchilari, ovchilar, geologik qidiruv xodimlari va boshqalar)ni Entsefalitga qarshi emlash, shuningdek, chivin va kanalardan saqlanish uchun maxsus korjoma kiyish, yuziga to’r niqob tutish zarur. Ikkilamchi Entsefalitning oldini olish yuqumli kasalliklarni o’z vaqgida aniqlash va davolashdan iborat.