G’URIYLAR

G’URIYLAR — Suriylar xonadoniga mansub G’ur sultonlari sulolasi (1148— 1206). Aka-uka G’iyosiddin Muhammad (1162-1203) va Shihobiddin (Mu’iziddin yoxud Muhammad G’uriy; 1203— 06) davrida G’uriylar hozirgi Afg’onistonning deyarli barcha hududini, shuningdek, Hindistonning Sind, Panjob, Banoras va b. viloyat va shaharlarini bosib olgan. G’uriylar davlatining markazi G’ur viloyati, poytaxt shaharlari feruzko’h va G’azni bo’lgan. Xorazmshohlar davlati bilan kurashga kirishgan G’uriylar tor-mor keltirilgan, ularning davlati esa parchalanib ketgan (1206).