YEREVAN-3
YEREVAN-3 — o’rtapishar baqlajon navi. Armaniston Respublikasi sabzavot va poliz ekinlari selektsiyasi tajriba stansiyasida mahalliy Yerevan navidan tanlab olish yo’li bilan yaratilgan (1950). O’zbekistonda 1953 yildan ekiladi. Shakli cho’ziq, tsilindrsimon, tik o’sadi, bo’yi 50-100 santimetr, mevasining uzun 15-30 santimet, qora, binafsharang, pishgan davrda to’q sariq, sirti silliq. Bir dona mevasining og’irligi 195-240 gramm. Tarkibida 3,2—4,6% qand, 19% askorbat kislota, vitamin VR V2 bor. Nihollar unib chiqqandan so’ng mevasi 123-139 kunda yetiladi. O’rtacha hosildorligi 400 tsentner/gektar boradi.