Maktabgacha ta’lim tizimidagi kelajak avlod uchun befarqlik yoki zaharlashdan to’xtamayotgan mudiralar
Maktabgacha ta’lim tizimidagi kelajak avlod uchun befarqlik yoki zaharlashdan to’xtamayotgan mudiralar. Kun.uz muxbiri Dilshoda Shomirzayevaning «Chirib borayotgan maktabgacha ta’lim bolalarning umriga zomin bo‘lmayaptimi?« maqolasiga qo’shimcha ravishda shuni aytishim mumkinki, davlat maktabgacha ta’lim tizimida ota-onalarning badal mablag’lari ham ayrim insofsiz mudiralarning cho’ntagiga kirib bormoqda. Lekin aslida olganda mudiralar badal mablag’larini talon-taroj qilishda to’xtamasligi, davomat daftarlariga o’chiradigan ruchkalarda yozishi, kelgan bolani kelmagan qilib, kerak bo’lsa spravkalarni ham qalbakilashtirishini yashirib bo’lmaydi.
Maktabgacha ta’lim tizimidagi kelajak avlod uchun befarqlik yoki zaharlashdan to’xtamayotgan mudiralar. Agar badal pullari maktabgacha ta’lim tashkilotining o’ziga kirim bo’lganda edi, kelajak avlodlarimiz sifatsiz sotib olingan mahsulotlar hisobidan pishirilgan ovqatlarni yemasdan, sal qimmatroq bo’lsa ham, lekin sifatli ovqat va shirinliklarni yegan bo’lar edi.
Ayrim o’g’ri mudiralarni kimdur insofga chaqirish payti kelmadimikan?