G’AFUROV IBROHIM

G’AFUROV IBROHIM (1937.27.12, Toshkent) — adabiyotshunos olim, tarjimon. Filologiya fanlari nomzodi (1973). Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir (1963), bo’lim mudiri, bosh muharrir o’rinbosari (1970-82). «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetada bosh muharrir o’rinbosari (1982-95). «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi raisining birinchi o’rinbosari (1995), «Milliy tiklanish» gazeta bosh muharriri (1995 yildan), partiya MK raisi (1996 — 2004). G’afurovning ilmiy faoliyati adabiyotshunoslik va adabiy tanqidning muhim masalalariga bag’ishlangan. Asarlarida badiiyatda haqqoniylik, insoniylik. adolat, milliy o’ziga xoslik va xolislik printsiplarining namoyon bo’lishi hodisalari tahlil qilingan. F.M.Dostoevskiy («Jinoyat va jazo», «Telba», «Qimorboz»), E.Xe-minguey («Chol va dengiz», «Alvido, qurol»), Ch.Aytmatov («Qiyomat», «Chingizxonning oq buluti»), gi de Mopassan («Azizim»), Nozim Hikmat («surur») romanlarini, hind ilohiy kitobi «Panchatantra»ni, Konfutsiy hikmatlarini va boshqa asarlarni o’zbek tiliga tarjima qilgan. «G’afur G’ulom» (1983), «Maqsud Shayxzoda» (1987), «Zulfiya» (1985), «Boborahim Mashrab» (1984) hujjatli filmlari stsenariysi muallifi. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). «Do’stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1995). 1-, 2 – chaqiriq O’zbekiston Oliy Majlis deputati. As: go’zallikning olmos qirralari, T.. 1963; Joziba, T.. 1970; yonar suz. T.. 1973; yam-yashil daraxt, T.. 1975; prozaning shoiri, T.. 1981; lirikaning yuragi, T., 1983; Iltijo, T., 1991; dil erkinligi. T., 1998.