G’ARBIY SIBIR TEKISLIGI

G’ARBIY SIBIR TEKISLIGI (pasttekisligi) — yer sharidagi yirik akkumulyativ tekisliklardan biri. Qozog’iston past tog’lari tekisligi va Oltoy tog’laridan shimolda va g’arbda Ural tog’lari, Sharqda O’rta Sibir yassitog’ligi orasida joylashgan. Shimoldan janubga 2500 kilometr, g’arbdan sharqqa 1000-1900 kilometrga cho’zilgan, maydoni 3 million kilometr kvadratga yaqin. Yer yuzasi tekislik. Balandligi 50— 150 metrdan (shimol va Markaziy qismida) 300 metrgacha (g’arbi, Janubi va sharqida). Yer yuzasi tekislik. G’arbiy Sibir tekisligi gersin burmalanishi davrida hosil bo’lgan. Zamini paleozoy yotqiziqlaridan tuzilgan bo’lib, ularning usti dengiz va quruqlik mezokaynozoy jinslari (gil, qumtosh, mergel) bilan qoplangan. Eng yosh, antropogen yotqiziqlari Janubda allyuvial va ko’l yotqiziqlari, shimolda muzlik, dengiz va muzlik-dengiz yotqiziqlaridan iborat. Bo’sh qatlamlarda chuchuk va minerallashgan yer osti suvlari (jumladan, namakoblar), shuningdek, qaynoq sushgar (100— 150° gacha) bor. Foydali qazilmalardan neft va tabiiy gazning katta konlari topilgan. Iqlimi kontinental, sovuq. O’rtacha yillik temperaturalar shimolda -10,5% Janubda 1-2°, yanvarning o’rtacha temperatirasi shimolda -28°, Janubda -16°, iyulniki shimolda 4°, Janubda 22°. Vegetatsiya davri chekka Janubda 175-180 kun. Yillik yog’in tundra va dasht zonalarida 200-250 millimetr, o’rmon zonasida 500-600 millimetr. Tekislik hududidan umumiy uzunlibi 250 ming kilometrdan ortiq 2000 Daryo oqib o’tadi. Eng yiriklari — ob, Yenisey, Irtish. Tekislikning shimol tundra zonasi bo’lib, tundra Arktika va gleyli tundra tuproqlarida Arktika o’simliklaridan yo’sin va lishaynik o’sadi, Janubni esa butazor tundra qoplagan. Janubroqda o’rmonli tundra mintaqasi bo’lib, torf-gleyli, gleylipodzol va botqoq tuproqtarda butazor tundra, qrraqaragay-tilog’och va botqoq o’simliklari o’sadi. G’arbiy Sibir tekisligining kattagina qismi o’rmon (o’rmon-botqoq) zonasiga mansub. Podzol tuproqlarda qoraqarag’ay, oqqarag’ay, kedr, qarag’ay, Sibir tilog’ochi o’sadi. Qo’ng’ir ayiq, silovsin, rosomaxa, suvsar, qunduz, kolonok, sobol, Los, Sibir eligi, burunduq, ondatra yashaydi.