G’ARCHISTON

G’ARCHISTON, Garchiston, G’ariston — ilk o’rta asrlarla Murg’ob daryosining yuqori oqimida joylashgan tog’li viloyat. Arab manbalariga ko’ra, bu viloyat shohlari «baraz banda» yoki «shor» unvoni bilan yuritilgan. Shu tufayli bu viloyatni ba’zan g’ar-jash-shor deb ham atashgan. «G’archiston» atamasi baqtriycha «g’ar» — «tog’lar» yoki «g’ar-cha» — ya’ni «tog’lik» ma’nosida, tog’liklar yurti, mamlakatini anglatgan. 20-asr boshida ham O’rta Osiyoning pasttekisliklari aholisi Zarafshonning yuqori oqimi bo’ylari va Pomirdagi tog’liklarga nisbatan «g’alcha» atamasini qo’llagan. «Shohnoma»da G’archiston «G’archgon» shaklida qayd etilgan. Rivoyatlarga ko’ra, Eron shohi Feruz (Pero’z) G’archiston hokimi yordamida birodari Hurmuzd ustidan g’alaba qozongan. 826-827 yilda Abdulloh ibn Tohir hukmronligi davrida G’archiston viloyati xalifalikka 100 ming dirham va 1 yoki 2 ming qo’y miqdorida xiroj to’lagan. 10-asda G’archiston hokimlari G’uzganon shohiga tobe bo’lishgan. Ular somoniylarga xiroj to’lamay, faqat sovg’a-salom yuborganlar, xolos. G’archistonda 10 ta shahar, qishloq va jome masjidlari bo’lgan. shaharda hokim sagyuylari, rabotlar G’archistonning bosh shahri Obshin (yoki bashin) Marvarrud daryosi bo’yida joylashgan. G’archistonda yetishtirilgan sholi Xuroson va Balxning boshqa shaharlariga chiqarilgan. 10-asrda G’archistonda, shuningdek, karramiylar mazhabi tarafdorlari keng tarqalgan. Abbosiylar xalifaligi davrida G’archistonning o’z zarbxonasi bo’lgan. G’archistonni ko’p asrlar idora etib kelgan shoriylar sulolasi 1030 yil Sulton Mahmud G’aznaviy tomonidan tugatilgan. 17-asrda G’archiston keng, obod viloyat bo’lib, unda 50 ga yaqin qishloq, shuningdek, ko’plab tog’qal’alari va istehkomlari joylashgan. Ad.: Kamaliddinov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazmchnsh istochnikam IX – nachala XIII vv» T., 1996.