FARERLIKLAR

FARERLIKLAR — xalq, Farer orollari aholisining katta qismi. 40 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Shuningdek, 5 ming Farerliklar Daniyaning boshqa viloyatlarida yashaydi. Farer tilida so’zlashadi. Dindorlari — lyuteranlar. Farerliklar — orollarga 9-10-asrlarda ko’chib kelgan normannparnkning avlodi. Asosiy mashg’uloti — baliq ovlash, qo’ychilik va dehqonchilik.