FELDSHER

FELDSHER (nemischa feld — maydon va scherer — sartarosh) — o’rta ma’lumotli tibbiyot xodimi; davolashprofilaktika muassasalarida Feldsher vrach yordamchisi bo’lib, u bilan qamkorlikda ishlaydi. Feldsher vrach kelguniga qadar tibbiy yordam ko’rsatadi, shuningdek, profilaktika va epidemiyaga karshi sanitariya ishlari olib boradi. Feldsherlar (sanitariya epidemiologiya stansiyalarida ishlash uchun va feldsherlaborantlar) tibbiyot kollejlarida tayyorlanadi.