FARADEY SONI
FARADEY SONI, Faradey doimiysi (F) — fizik doimiy; elektrolitdan elektr zaryad o’tganda elektrodda 1 Mel, bir valentli moda ajratadigan elektr miqdori. Faradey soni Avogadro doimiysi NA bilan elementar zaryad e ning ko’paytmasiga teng fundamental fizik doimiy; F=Nae=96485,309 kl/mol. M. Faradey sharafiga qo’yilgan. Faradey sonining qiymati Kumushning elektrokimyoviy ekvivalentini o’lchash yo’li bilan aniqlangan. Faradey soni elektrokimyoviy hisoblashlarda keng qo’llaniladi.