FARASMAN

FARASMAN — Xorazm podshosi (miloddan avvalgi 4-asr). Farasman haqida uzuqyuluq ma’lumotlar saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 328 yil makedoniyalik Aleksandrning O’rta Osiyoga yurishi chog’ida Farasman 1500 kishilik otliq qo’shini bilan Aleksandrning qarorgohi joylashgan Baqtra shahriga kelgan va u bilan ittifoqchilik bitimi tuzgan. Farasman Aleksandrga Shim. Qora dengiz soqillariga, u yerdan Kolxidaga birgalikda harbiy yurish uyushtirishni taklif qilgan, biroq uning loyihasi qabul qilinmagan.