FARISHTA
FARISHTA — iudaizm, xristianlik, Islom va boshqa ba’zi dinlarda Xudoning amrini bajaruvchi g’ayritabiiy mavjudot. Farishta son-sanoqsiz bo’lib, har biri ma’lum vazifani bajaradi. Masalan, Islomda har bir odamning savob va gunoh ishlarini hisobga olib yuruvchi Farishtalar, Jannat va do’zaxda darvozabonlik qiluvchi, odamlarni qabrda so’roq qiluvchi (Munkar va Nakir), Alloh taxtini osmonda ko’tarib turuvchi va boshqa xizmatlarni bajaruvchi Farishtalar mavjud deb qaraladi. Bu Farishtalardan 4 tasi: Azroil, Jabroil, Mikoil, Isrofil bosh Farishta hisoblanadi.