FERMA PRINTSIPI

FERMA PRINTSIPI – geometrik optikannng asosiy printsipi. Unga ko’ra, yorug’lik nuri fazodagi ikki nuqta orasida shunday yo’l bo’yicha tarqaladiki, yorug’lik bu yo’lni o’tishi uchun shu nuqtalarni tutashtiruvchi boshqa yo’llarga nisbatan yoki eng kam, yoki eng ko’p, yoxud bir xil vaqt sarf qiladi. Ferma printsipidan geometrik optikaning asosiy qonunlari: yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish qonuni, qaytish qonuni va sinish qonuni kelib chiqadi. Ferma printsipini 1660 yilda P. Ferma ta’riflagan. Difraktsiya hodisasini qisobga olish kerak bo’lgan hamma hollarda Ferma printsipini qo’llab bo’lmaydi.