FADEYEV VALENTIN ALEKSANDROVICH

FADEYEV VALENTIN ALEKSANDROVICH (1912.31.7, Namangan viloyati Ketmontepa qishlog’i — 1975, ?) — rangtasvir ustasi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1968). Toshkent badiiy bilim yurtida ta’lim olgan (1933-38). Fadeyev yaratgan asarlardagi yorqin o’ziga xos xususiyatlar nozik detallarda namoyon bo’ladi, ularda zamon ruxi sezilib turadi: «birinchi sinf o’quvchisi»; «Qo’g’irchoq ushlagan qiz» (1952); «Tanya» (1953); «duradgor portreti» (1954), «Qorovul» (1955), «keksa kolxozchi Zulunbuva portreti» (1957), «temirchi Yaxshiboy» (1958) kabi portretlar, tarixiy va boshqa mavzudagi asarlar, maishiy kartinalar, natyurmortlar yaratgan.