FOKUS MASOFASI

FOKUS MASOFASI — optik tizimning bosh nuqtasidan unga moe bosh fokusgacha bo’lgan masofa. Fokus va bosh nuqta buyumlar fazosiga tegishli bo’lsa, Fokus masofasi old Fokus masofasi deyiladi, agar ular tasvirlar fazosiga tegishli bo’lsa, Fokus masofasi orqa Fokus masofasi deyiladi. Agar muhitning sindirish ko’rsatkichi buyumlar fazosida i, tasvirlar fazosida p’ bo’lsa, u holda f/n’=f/n. Agar optik tizimning ikkala tomonida aynan bir muhit bo’lsa, f=f. Fokus masofasi — optik tizimning muhim xarakteristikasidir.