FLORI

FLORI (Florey) Xouard Uolter 1898. 24.9, Alelanda, Avstraliya — 1968.21.2, Oksford) — ingliz patologi; London Qirollik jamiyati a’zosi (1941), prezidenti (1960 -65). Adeland universitetini tugatgan (1921); Sheffild universiteti (1931 -34) va Oksford instituti (1935 -62) professor. Oksford Qirollik kolleji rektori (1962 -68). Ilmiy faoliyati kapillyar qon aylanishi patologiyasi, yalliglanish jarayonlari, limfositlar funktsiyasi, lizosim va antibiotiklarga oid. Flori ilk bor penisillinni odam va hayvonlarni davolashda qo’llagan (1940). Nobel mukofoti laureati (1945, A. Fleming va E. Cheyn bilan hamkorliqda).