FEMINIZATSIYA

FEMINIZATSIYA (lotincha femina — ayol, urg’ochi) — erkak organizmda ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishi. Feminizatsiya — gormonal muvozanatning buzilishi; odamlar, baliklar, suvda va quruqlikda yashovchilar, qushlar, sut emizuvchilarda kuzatilgan. Feminizatsiyani bichilgan erkak hayvonlarga tuxumdonni kuchirib o’tkazish yoki urg’ochi jinsiy gormon (esterogen) ta’sir ettirib, sun’iy paydo qilish mumkin. Masalan, bichilgan xo’rozga tuxumdon ko’chirib o’tkazilganida unda tovukdar uchun xos bo’lgan patlar, toj, jinsiy hatti-harakatlar paydo bo’ladi. Bichilgan erkak sut emizuvchilar (kalamushlar, maymunlar va boshqalar) da ko’chirib o’tkazilgan tuxumdon yoki esterogen ta’sirida sut bezlari rivojlanadi; urg’ochilar uchun xos bo’lgan jinsiy instinktlar paydo bo’ladi.