FENAKIT
FENAKIT (Yunoncha phenax — aldamchi) — Orol silikatlari sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Be2[Si04], unda Veo 42-45%. Trigonal singoniyada kristallanadi. Kristallari, odatda, mayda prizmatik, ba’zan romboedrik, shuningdek, radialnursimon usimtalar va sferolitlar shaklida. Rangsiz, sarg’ish, pushti, kulrang, oq. Shishadek yaltiroq. Tiniq, shaffof. Qattiqligi 7,5—8, zichligi 2,9—3 g/sm3. Fenakit magmatizmdan keyingi genetik tipdagi konlarda — pegmatit, greyzen, gidrotermal tomirlar va metasomatitlarda uchraydi. Gidrotermal metasomatik hosilalarda flyuorit, sulfidlar va slyudalar bilan, dala shpatli metasomatitlarda ba’zan gentgelvin bilan assotsiatsiyada bo’ladi. Fenakit kelajakda Be olinadigan manba. Yirik tiniq kristallari qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi.