FENOLFTALEIN
FENOLFTALEIN, 4,4 Dioksiftalofenon, S20N|4o4 — hidsiz, ta’msiz, rangsiz kristall modda. Molekulyar modda 318,33. Suyuqlanish temperaturasi 259-263°. Suvda oz, spirtda yaxshi eriydi. Fenolni ftal angidrid bilan kondensatlab olinadi. Fenolftalein trifenilmetan bo’yagichlar guruhiga kiradi. Analitik kimyoda kislota va ishqorlarni titrlashda indikator sifatida qo’llanadi. Tibbiyotda surgi dori sifatida ishlatiladi. Surunkali ich qotishda tarkibida 0,1 g Fenolftalein bo’lgan tabletkalar (Purgen) buyuriladi.