FERRIT
FERRIT (lotincha ferrum — temir) temiruglerodli qotishmalarning tarkibiy fazalaridan biri; uglerod va legirlovchi elementlarning atemirdagi qattiq eritmasi. Polimorf uch>a o’zgarishida hosil bo’ladi. Uglerodning 8 temirdagi qattiq eritmasi yuqrri trali Ferrit deb ataladi. Ferritning kristall panjarasi hajmiy markazlashgan kubdan iborat. Uning mikrostrukturasi, donachalarining kattakichikligi va substrukturasi qanday sharoitda hosil bo’lganligiga bog’liq. Kamroq o’ta sovitilsa taxminan teng o’qli, poliedrik donachalar hosil bo’ladi, ko’proq o’ta sovitilsa va tarkibida legirlovchi elementlar (kremniy, marganes) bo’lsa Ferrit mustahkamlanadi.