FIDER
FIDER (inglizcha feed — ta’minlash) — 1) radiotexnika vatexnikada — o’ta yuqori chastota (O’YuCh)li signallarni uzatish liniyasi, radioto’lqinlarni uzatish liniyasi; elektromagnit tebranishlar (to’lqinlar)ni manbadan iste’molchiga yuborish uchun mo’ljallangan qurilma. Fiderlar ochiq va berk turlarga bo’linadi. «Fider» terminidan, asosan, radiouzatish va radioqabul qilish texnikasida, simli radioeshittirishda foydalaniladi; 2) elektr energetikada — energiyani taqsimlovchi kabel liniya yoki havoda elektr uzatish liniyasining eskirgan nomi.