FISTULA

FISTULA (lotincha fistula — naycha) — biror a’zo (masalan, ichak, o’t pufagi, me’da bo’shlig’i) yoki hazm bezi yo’lini tashqi muhitga tutashtirish uchun operatsiya yo’li bilan ochilgan sun’iy teshik yoki kanal (nay). Bo’shlikdagi suyuqlik (siydik, o’t, yiring va boshqalar) shu nay orqali tashqariga chiqib turadi. Fistula a’zolar bo’shlig’iga kiritiladi yoki tomirlar devoriga tikiladi. Tug’ma (embrional rivojlanish nuqsoni tufayli) va orttirilgan (patologik jarayon natijasida) Fistula farq qilinadi. Tibbiy ko’rsatmaga muvofiq, shuningdek, eksperimental fiziologiyada Fistula keng qo’llanadi. Fistula yordamida toza me’da shirasi olinadi, ichki a’zolar harakati, holati, siydik ajralish dinamikasi va boshqalar tekshiriladi.