FYUN
FYUN — Daniya orollari guruhidagi Orol. Maydoni 2976 kilometr kvadrat. Katta va kichik Belt bo’g’ozlari o’rab turadi. Qirg’oqlari past, buxtalar bilan parchalangan. Relefi morenali sertepa tekislik, eng baland joyi 131 metr. Tabiiy yaylovlar bor. Sut chorvachiligi rivojlangan. Bug’doy, arpa, qand lavlagi ekiladi. Ko’priklar orqali Yutlandiya yarim oroli bilan bog’langan. Bosh shahri — Odense.