FUQARO VAQTI
FUQARO VAQTI — mahalliy o’rtacha yarim tun (2400) dan boshlab hisoblanadigan vaqt xisoblash tizimi. O’rtacha quyosh sutkalariga asoslanadi. Fuqaro vaqti sutkani hisoblay boshlash vaqti bilan o’rtacha quyosh vaqtidan farqlanadi (o’rtacha quyosh vaqtida sutka boshi deb mahalliy o’rtacha yarim kun, ya’ni tush vaqti, 1200 qabul qilinadi). Astronomiyada 1925 yilgacha kun hisobi tush vaqtida o’zgarar edi. 1925 yildan boshlab kun hisobi Fuqaro vaqti (yarim tun) dan hisoblanmoqda.