KABALAKA
KABALAKA (Kabala, Kabalak) — qadimgi shahar, Kavkaz Albaniyasining poytaxti (6-asrgacha). Yirik savdo markazi (15-asrgacha). Safaviylar tomonidan vayron qilingan (16-asr). Kabalaka haqidagi ilk ma’lumotlar Pliniy va Ptolemey asarlarida, shuningdek, qadimgi gruzin va Arab manbalarida uchraydi. Chuxur-Kabali qishlog’i (Ozarbayjon) yonida Kabalaka arki xarobalari saklangan bo’lib, u 25 gektar maydonini egallaydi. Arqdan sharqroqda ibodatxona va Shahriston (50 gektardan ziyod) joylashgan. 1926, 1944-45 yillarda arxeologik qazish ishlari olib borilgan.