KXASI
KXASI — Hindiston (Megxalaya shtatida) va Bangladesh bilan qo’shni rayonlarda yashovchi xalq. Umumiy soni 860 ming kishi (1990-yillar o’rtalari, jumladan, Hindistonda 770 ming kishi). Kxasi tilida so’zlashadi. Dindorlarining yarmi xristian-protestantlar, qolganlari hinduizm va an’anaviy e’tiqodlarga sig’inadi.