KYURI

KYURI — radioaktiv izotoplar aktivligining birliklar tizimiga kirmagan birligi. P. Kyuri va M. Sklodovskaya-Kyuri sharafiga qo’yilgan. Ku bilan belgilanadi. Izotopning bir s davomida 3,7-1010 ta yemirilish kuzatiladigan radioaktiv moddaning aktivligi 1 Kyuri deb qabul qilingan. 1 Ku=3,7-1010 Bk (bek- kerel). Amalda aktivlik birligining unga karrali bo’lgan son marta katta va kichik quyidagi qiymatlaridan foyda- laniladi: kilokyuri (kki), megakyuri (Mki), millikyuri (mki), mikrokyuri (mkKi) va pikokyuri (pki).