KAMENES-PODOLSKIY
KAMENES-PODOLSKIY -Ukrainaning Xmelniskiy viloyatidagi shahar. Temir yo’l stantsiyasi. Shosse yo’llar tuguni. Aholisi 107,9 ming kishi (2000). 11-asr oxiri — 12-asr boshlarida vujudga kelgan. Tarixiy muzey-qo’riqxona. Priborsozlik, kabel, «Elektropribor», avtoagregat, qishloq xo’jalik mashinalari, sovuq asfalt-beton, tsement, temir-beton buyumlar va konstruktsiyalar, metall, shakarqand, konserva zavodlari, qurilish materiallari, parrandachilik, go’sht kombinatlari, ip gazlama va tikuvchilik fabrikalari mavjud. 2 oliy o’quv yurti, botanika bog’i bor. Gotika kostyoli (16- asr), Petr va Pavel cherkovlari (16-asr) saqlangan.