IBROHIMOV AYSAR

IBROHIMOV AYSAR (1910.5.5, Asaka — 1989.29.6, Andijon) — O’zbekiston xalq artisti (1970). Ijodiy faoliyatini Asaka havaskorlar teatrida boshlagan (1929). 1931-33 yillar Hamza teatri qoshidagi ko’chma ishchi-yoshlar teatri, Farg’ona teatri, Chust kolxoz-sovxoz teatrida, 1933 yildan Andijon teatrida aktyor. Ifoda vositalari (ovoz, mimika, plastika) dan mohirona foydalanish, obraz yaratishda qahramonlarning ichki dunyosini chuqur ochishga intilish Ibrohimov ijodiga xos. Eng yaxshi rollari: Miller («Makr va muhabbat»), G’ofir («boy ila xizmatchi»), Davron ota («Davron ota»), Majnun («Layli va Majnun»), Mavlon («Shohi so’zana»), Abror («parvona»), Tribule («qirolning dil xushi»), Lord Mer («Richard III»), shushu domla («inson aziz») va boshqalar. Aysar Ibrohimov Majnun rolida («Layli va Majnun»).