«IDIKU»

«IDIKU» — Amir Idiku qutlug’ Qabo (rus yilnomalarida — Edigey, Edigey) (1352-1419) haqida 15-16-asrlarda turkiy xalqlar tomonidan yaratilgan Doston. Mang’itlar amiri Idikuning tarix maydonida paydo bo’lishi va uning Oltin O’rda xoni To’xtamishga qarshi (14-asrning 90-yillari) Temur ishtirokida kurashi bilan bog’liq voqealar «Idiku» dostonining asosini tashkil etadi. Dostonda, ayniqsa Idikuning yordam so’rab Samarqandga — Amir Temur huzuriga kelishi, Sohibqironning unga o’z yaqinidek yordam berishi tasvirlab berilgan. Dostonda va boshqa rivoyatlarda Idikuning ajdodi Xoja Ahmad Yassaviyga bog’lanishi aytilgan. «Idiku», asosan, Volga bo’yidagi turkiy xalqlar orasida mashhurdir. Doston Qozonda 1990 yilda kitob holida nashr etilgan.