YASOQ

YASOQ (mo’g’ulcha dzasaq — qonun; jazolash) — 1) 1206 yil Chingizxon buyuk qurultoyda ulug’xon etyb saylanganda e’lon qilingan qonunlar majmuasi; o’rta asrlar mo’g’ul huquqi to’g’risidagi asosiy manba; 2) Mo’g’ullar davlatida (13-15-asrlar) mavjud qonunqoidalarni buzgan, ularga itoat qilmagan shaxslarga beriladigan jazo. Tarixiy obidalarda qayd etilishicha, Yasoqqa tortilgan jinoyatchilar aksariyat qatl etilgan; 3) Oltin O’rda xonligi tomonidan istilo qilingan mamlakatlardan, keyinchalik Moskva davlati va chor Rossiyasi tomonidan mazlum xalklardan natura bilan undiriladigan soliq. 15— 18-asrlarda Volga bo’yi, 17-20-asr boshlarida Sibirda ovchilik bilan shug’ullangan rus bo’lmagan xalqlardan olingan. Yasoq mo’yna, ba’zan chorva mol bilan to’langan. Ya.ning to’lanishi tobelikni ifodalash shakllaridan biri bo’lgan. Har bir qabila yoki urug’uchun alohida Yasoq belgilangan. Kungur tatarlari va boshqirdlar uchun Yasoq yer solig’i, Sibirning ayrim xalqlari uchun jon solig’i bo’lgan, yakutlarda chorva mol soniga qarab to’langan. 18-asrdan Yasoq pul to’lovi bilan almashtirilgan (Volga bo’yida 1720-yillardan, Sibirda 1822 yildan). Yasoq to’plovchilar (yasoqchilar)ning mansablarini suiiste’mol qilishlari hukumatni Yasoq majburiyatini Yasoq komissiyalari orqali tartibga keltirishga majbur qilgan. Yasoq oz miqdorda 1917 yildagi fevral inqilobiga qadar saqlanib qolgan. Ad. Rashid ad-din; Sbornik letopi- Sey, t. 1, kniga 2, M.— L., 1952. Hamidulla Dababoev.