KONSTANT NAV

KONSTANT NAV (lotincha constantis — doimiy, turg’un, barqaror), navning genetik aynimasligi — uzoq muddat qayta- qayta ekilganda (ko’paytirilganda) ham morfologik hamda qimmatli xo’jalik belgilari aynimaydigan nav. Navning barqarorligiga selektsiya jarayonida va elita-urug’chilik ishlarida uzluksiz olib boriladigan tanlash bilan erishiladi. Navlarni ishlab chiqarishda uzoq, saqlanishini ta’minlaydigan gomozigotalik tanlash yo’li bilan zarur bo’lgan darajagacha yetkaziladi. Konstantlik morfologik belgilarga ko’ra aniqlanadi. Aynimaydigan yoki nav sofligi yuqori bo’lgan Konstant nav rayonlashtiriladi.