KAPSULA
KAPSULA (kosmonavtikada) — Amerika kosmik apparatlarining yer, oy yoki boshqa osmon jismi sirtiga tushiriladigan va qo’ndiriladigan qismi. Rus kosmik apparatlarida tushiriladigan apparat deb ataladi. Uchuvchisiz kosmik apparatlarda turli ilmiy jihozlarni, tuproq namunalarini erga olib tushadigan maxsus yopiq germetik kamera.