KARENLAR

KARENLAR (o’zlarini ptxano — deb ataydilar) — Myanma (asosan, karen milliy viloyatida) va Tailandning g’arbidagi xalq. Umumiy soni 3,7 million kishi, jumladan, Myanmada 3,5 milliondan ortiq kishi (1990-yillar o’rtalari) yashaydi. Sin-Tibet oilasiga mansub tilde so’zlashadilar. Dindorlari — asosan, budda dinida, xristian — baptistlar ham bor.