KLAVISH

KLAVISH (lotincha clavis — kalit) — 1) fortepiano, akkordeon kabi musiqa cholg’ularida tovush hosil qiluvchi richag moslamasining qo’l bilan bosiladigan qismi, klaviatura detali. Odatda, yog’ochdan yasaladi. Klavishlar oq, qora bo’lib, suyak yoki plastmassa bilan qoplanadi; 2) turli mexanizmlar (yozuv mashinkasi, kompyuter va boshqalar)da signalni o’zgartirib, harf (belgi) tushiradigan moslamaning harakatga keltiruvchi qismi.