KISHI-KUN
KISHI-KUN — ish vaqtini hisobga olish birligi. Xodimning ishda bo’lishi (ishga chiqishi) Kishi-kun hisoblanadi. Kun bo’yi bo’sh turib qolish, ishga kelmagan kunlar (ta’til, kasallik va boshqalar), bayram va dam olish kunlari ham Kishi-kun birligida hisoblanadi. Kishi-kun kun davomida haqiqiy ish vaqti kishi-soatda. aniqroq hisobga olinadi.