KLASSIKA

KLASSIKA (lotincha classicus — namu- nali) — 1) antik davr — Yunoniston, ellinizm va qadimgi Rim adabiyoti va san’ati; 2) keng ma’noda — insoniyatning badiiy merosidagi olamshumul qimmatiga ega bo’lgan, eng mukammal asarlar. Adabiyot va san’atdagi ijodi butun dunyoda tan olingan, asarlari katta g’oyaviy-badiiy qimmatga ega bo’lgan mashhur ustalar klassiklar deb yuritiladi.