KODA

KODA (italyancha coda, lotincha aouda — dum) — ko’p ovozli musiqa asarlarining yakunlovchi bo’lagi, xotimasi. Koda asar mavzularini umumlashtirib, uning mazmuniga yakun yasaydi; musiqa jarayoni, shu jumladan, garmoniya rivojiga barqarorlikni baxsh etadi.