KOKAIN

KOKAIN (Cocainum) — koka butasi bargidan olinadigan alkaloid. Rangsiz, ta’mi achchiq, suvda yaxshi eriydigan kristall. Ogriqsizlantiruvchi moddalar guruhiga kiradi. Kuchli zaharlovchi ta’siri borligidan faqat kon’yunktiva, mugo’z parda, og’iz, burun, tomoq shilliq pardalari, siydik chiqarish nayi va boshqalarni mahalliy og’riqsizlantirishda ishlatiladi. Kokainga ruju qilinganda unga o’rganib qolinadi (kokainizm). Hadeb iste’mol qilinaversa, narkomaniyaga olib kelishi mumkin.