KIT MO’YLOVI
KIT MO’YLOVI – mo’ylovli (tishsiz) kitlar yuqori jag’idagi shox pla stinkalar; soni 130 tadan (kulrang kit) 400 tagacha (yo’l-yo’l kitlar), og’iz cheti bo’ylab joylashgan. Har bir plastinka uchburchak shaklda; uning keng tomoni og’iz bo’shlig’iga o’girilgan; kichik tomoni milkka chuqur botib kirgan. Plastinkalarning og’iz bo’shlig’iga o’girilgan qirralari o’zun va ingichka shox naychalardan iborat. Naychalar bir-biri bilan tutashib, g’alvirga o’xshash apparatni hosil qiladi. Kit suv bilan og’ziga kirgan hayvonlardan suvni shu naychalar orqali sizdirib o’tkazib keyin oziqlanadi.