KIFARA
KIFARA, kitara (Yunoncha kithara) — yunonlarning lira (qadimgi Sharqdagi chang) ta o’xshash, torli-tirnama musiqa sozi. Dastlab torlari 4 ta bo’lib, keyinchalik 7-18 tagacha yetgan. Kifara yakka hamda jo’rnavoz soz sifatida ishlatilgan. Yunon adabiyoti va tasviriy san’atida Kifara — Appollonnchng doimiy yo’ldoshi, ya’ni asosiy belgisi bo’lgan. Milodiy 1-asrlarga oid Turon moddiy yodgorliklari (qadimgi Xorazm, Dalvarzintepa, Panjikent va boshqa joylardan topilgan xaykalchalarda tasviri uchraydi. Gitara, tsitra kabi musiqa sozlarining nomlari Kifara so’zidan kelib chiqqan.