KITSIMON DELFINLAR
KITSIMON DELFINLAR (Lissodelphis) — delfinlar oilasining bitta urug’i. Uzunligi 2,5 metrgacha. Boshidagi yog’ yostiqchasi past, tumshug’i ingichka. Orqa so’zgichi bo’lmaydi, dum qismi ingichkalashgan. 2 turi: shimoliy Kitsimon Delfinlar (L. borealis) — Tinch okeanning shimoliy qismida, jumladan, uzoq Sharq dengizlarida, Janubiy Kitsimon Delfinlar (L. peroni) — Janubiy yarim sharning mo’tadil iqlimidan Antarktikagacha bo’lgan okean va dengizlarda tarqalgan.